

Parij klubi 19 yoshli angliyalik futbolchi uchun 120 million evrodan ko'proq mablag' to'lashga tayyor.
Avvalroq OAV futbolchiga "Chelsi", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Real" va "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida yozgandi.
Angliyalik futbolchi ushbu mavsumda "arilar" safida barcha turnirlar doirasida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bellingem Dortmundning “Borussiya” klubida 2020 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakunlanadi.



