PSJ "Barselona" xavbeki uchun 100 mln evro berishga tayyor

Alisher
29 mar 2025, 16:58
PSJ "Barselona"ning niderlandiyalik xavbeki Frenki de Yongning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Fransiya grandi futbolchi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor. "Barselona" de Yongni sotish ishtiyoqida yonmayapti. Kataloniyaliklar futbolchini shartnomani uzaytirishga ko'ndirmoqchi. Lekin muzokaralar juda sekin ketyapti. Parijliklar vaziyatdan unumli foydalanmoqchi.

Frenki de Yong 2019 yilning yozida "Barselona" bilan shartnoma imzolagan edi. Xavbek umumiy hisobda ispan klubi safida 243 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularda 19 ta gol va 22 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fichajes.com