PSJ 3 nafar futbolchisini transferga qo'ydi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2022
Parijliklar tarkibni qayta qurishda davom etishmoqda.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, PSJ transfer qilinishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga 3 nafar o'yinchini kiritgan. Fransiya chempionatining 2021/2022 yilgi mavsumdagi g'oliblari yarim himoyachilar Leandro Paredes, Idrissa Geye va Danilo Pereyrani sotmoqchi. 

Qayd etilishicha, bu futbolchilarning barchasi klubga foydali takliflar kelib tushishi bilanoq sotib yuboriladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe