PSJ 13-bor Fransiya kubogini qo'lga kiritdi

25 iyul 2020, 02:36
Fransiya kubogi finalida "Pari-Sen Jermen" klubi "Sent-Eten"ni mag'lub qildi (1:0). Uchrashuv taqdirini Neymar tomonidan 14-daqiqada urilgan yagona gol hal qildi.

PSJ – Sent-Eten 1:0 

24 iyul, 00.10, Stad de Frans

Gol:

1:0 – 14 Neymar.

PSJ – Navas, Kerer (Dagba, 20), Markinos, Tiago Silva, Bakker, Guye, Di Mariya, Paredes (Verratti, 75), Ikardi, Mbappe (Sarabiya, 33), Neymar.

Sent-Eten – Mulen, Kolodzeychak, Perren, Debyushi (Krasso, 83), Mason (Mukudi, 34), Mvila, Kamara (Neu Nupa, 46), Budebuz (Norden, 75), Buanga, Amuma (Xazri, 46), Fofana.

Ogohlantirishlar:

Mason (2), Bakker (29), Paredes (29), Amuma (29), Mulen (29), Verratti (31), Markinos (35), Kamara (37), Mvila (51), Fofana (90).

Chetlatish:

Perren (31).

Ushbu g'alabadan keyin PSJ o'z tarixida 13-bor mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Ma'lumot uchun, bu natija musobaqaning mutloq rekordi hisoblanadi. Parij klubining eng yaqin taqibchisi bo'lib turgan "Marsel" 10 marta Fransiya kubogi g'alaba qozongan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia