

Biz o'quvchilarimiz fikrini hisobga olib, kompaniya haqida qisqacha ma'lumot berishga qaror qildik.
ProSports - bu futbolchi va klublarni o'rganuvchi, faoliyatni boshqaruvchi, PR, yuridik savollar bo'yicha qaror qabul qilishda va futbolchilarga klublar bilan shartnoma tuzishda yordam beruvchi kompaniya.
Ayni damda ushbu kompaniyaning xizmatlaridan SSKA hujumchisi Karlos Strandberg, O'zbekiston terma jamoasi va "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov, Rossiya terma jamoasi futbolchilari Oleg Shatov, Fyodor Smolov, Aleksand Kerjakov, Sergey Ignashevich kabi futbolchilar foydalanadi.




