PRO-Liga. “Istiqlol” – “Dinamo” uchrashuvi qayerda bo'ladi?

Narzulla Saydullayev
23 apr 2018, 11:20
Xabaringiz bo'lsa kerak, ertaga PRO-Liganing navbatdagi turiga start beriladi.

Shuningdek ertaga Superliga o'yinlari ham bo'lib o'tadi. E'tiborlisi seshanba kuni Farg'ona shahrida Superliganing “Neftchi” – “Metallurg” va PRO-Liganing “Istiqlol” – “Dinamo” uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Har ikki mezbon jamoaning ham uy stadioni “Istiqlol” stadioni ekanligi bois ko'pchilikda savol tug'ilishi tabiiy – “Istiqlol”da qaysi uchrashuv bo'lib o'tadi? 

Bizga ma'lum qilishlaricha, ertaga “Istiqlol” stadionida Superliganing “Neftchi” – “Metallurg” uchrashuvi bo'lib o'tadi. PRO-Liganing 4-tur o'yini esa Qirguli mavzesida joylashgan “Neftchi SK” stadionida o'tkaziladigan bo'ldi. 

Demak, ertaga farg'onalik muxlislarda tanlash imkoni bor. Har ikki uchrashuv ham qiziqarli va murosasiz tarzda o'tishiga shubha yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia