

Buxorolik futbolchilar mehmonlarga umuman imkon qoldirishmadi va yirik - 3:0 hisobida zafar quchdi.
Dominik Begich aniq zarbasi bilan 35-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, Ikkinchi bo'lim avvalida, aniqrog'i 51-daqiqada, Ravshan Hayrullaev oradagi farqni ikkitaga oshirdi.
Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada esa Marko Kolakovich yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:0.
Shu tariqa, "Buxoro" 22 o'yinda 45 ochko jamg'arib, "Mashal"ni (44) quvib o'tdi. Biroq takidlash lozim, muborakliklar mazkur tur doirasidagi bahslari hali o'tkazishmagan.
Pro liga, 22-tur
"Buxoro" – "Sho'rtan" 3:0
Gollar: Dominik Begich (35`), Ravshan Hayrullaev (51`), Marko Kolakovich (90+1`)
3 oktyabr. Toshkent viloyati. "Do'stlik" stadioni
Hakamlar: Asker Najafaliev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Mamur Ilhomov
VAR: Nasiba Toshmuhammedova
AVAR: Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Oybek Yunusov
"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Izzatillo Po'latov, 6.Ravshan Xayrullaev, 8.Anvarjon Jo'raev (71.Albert Nurullaev 72), 17.Javohir Ro'ziev, 29.Vitaliy Denisov, 77.Asilbek Qayumov, 80.Milan Mirosavlevich, 88.Dominik Begich (96.Jasurbek Ubaydulloev 88), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich.
Zaxira: 12.Akmal Tursunboev, 10.Izztailla Abdullaev, 11.Jasur Hasanov, 16.Artyom Filiposyan, 19.Suhrob Berdiev, 23.Behruz Shodmonov, 65.Amirhussayin Rivandi.
"Sho'rtan": 25.Mirzohid Mamatxonov, 3.Shukurali Po'latov, 5.Timur Nabiev, 9.Mahmud Jo'raboev, 20.Jasurbek O'rinov (4.Ulug'bek Xudayberdiev), 22.Sardor Sadullaev, 27.Nodirbek Mukarov, 70.Mirjalol Jumaev (55.Choriyor Tursunqulov), 77.Abdullox Olimov, 94.Nuriddin Xasanov, 99.Sheroz Jalolov.
Zaxira: 33.Rustam Nartadjiev, 7.Bekzod Suvonov, 8.Shaxboz Nuriddinov, 10.Muxriddin Zoirov, 11.Jasur Xolto'raev, 15.Jo'rabek Mannonov, 30.Asadbek Saitxonov.
Ogohlantirishlar: Izzat Po'latov 15` - Sheroz Jalolov



