PRO-Liga, “A” guruhi. 9-turda eng ko'p muxlis Farg'onada

Narzulla Saydullayev
16 may 2018, 15:24
Xabaringiz bo'lsa kerak, 14 may dushanba kuni mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida PRO-Liganing 9-turidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Odatga ko'ra, tur yakunlari bo'yicha e'tiborga molik statistikalarni keltirib o'tamiz.

9-turning 4ta o'yiniga jami 4759 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 1 189ta muxlis kirganini anglatadi.

Eng ko'p ishqiboz Farg'onada kuzatildi. “Istiqlol” stadionida kechgan “Istiqlol” – “Sho'rtan” uchrashuvini 2024ta muxlis kuzatib borgan. Ma'lumot uchun “Istiqlol”ning bu yilgi uy o'yinlariga kirish bepul qilib belgilangan.

Eng kam tomoshabin kuzatgan uchrashuv esa Urganchdagi “Xorazm” – “Surxon” bahsi bo'ldi. Nursiz durang qayd etilgan bahsni “Yoshlik” stadionida bevosita 752ta tomoshabin ko'rib borgan.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“DINAMO” – “ANDIJON” - 1:1 (1:0).
Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 1201 tomoshabin.

“ISTIQLOL” – “SHO'RTAN” - 2:1 (0:1).
Farg'ona shahri. “Istiqlol” stadioni. 2024 tomoshabin.

“MASH'AL” – “OROL” - 3:0 (3:0).
Muborak shahri. “B.Vafoev” nomidagi stadion. 782 tomoshabin.

“XORAZM” – “SURXON” - 0:0.
Urganch shahri. “Yoshlik” stadioni. 752 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia