PRO-Liga, “A” guruhi. 17-turda eng ko'p muxlis Nukusda

28 iyun 2018, 14:52
Xabaringiz bo'lsa kerak, kuni-kecha PRO-Liganing 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda muxlislar bir qator qiziqarli bahslarga guvoh bo'ldi. Ayni paytda Rossiya davlatida nufuzi jihatdan dunyoda birinchi o'rinda turadigan jaxon chempionati o'yinlari bo'lib o'tayotganligi sababli ishqibozlarni PRO-Liga o'yinlari u qadar ko'p qiziqtirayotgani yo'q.


Xususan, “A” guruhning 4ta o'yinida jami 4275 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu esa har bir uchrashuvga o'rtacha 1068ta muxlis demakdir.

Eng ko'p ishqiboz “Orol” – “Xorazm” bahsida kuzatildi. Nukusda kechgan uchrashuvga 2118 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.

Haqqulobodda esa aksincha vaziyat yuz berdi. Sababi “Norin” – “Mashal” o'yiniga atiga 281 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?  

“NORIN” – “MASH'AL” 2:1
Haqqulobod. “Shodlik” stadioni. 281 tomoshabin.


“ANDIJON” – “ISTIQLOL” 2:1
Andijon. “Sog'lom avlod” stadioni. 1530 tomoshabin.


“OROL” – “XORAZM” 0:3
Nukus. “Turon” stadioni. 2118 tomoshabin.


“SHO'RTAN” – “SURXON” 0:1
G'uzor. “G'uzor” stadioni. 346 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia