Pro liga. 10 kishi qolgan "Olimpik MobiUZ" 90+3 va 90+6-daqiqalarda ikkita gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Narzulla Saydullayev
3 may 2024, 18:35
Pro liganing 6-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin yakuniga etdi.

"Olimpik MobiUZ" o'z maydonida "Sho'rtan"ni qabul qildi va irodali durangga erishdi.

90-daqiqada 0:2 hisobida yutqazayotgan mezbonlar vakili Rustambek Fomin qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Shundan keyin "Olimpik" ikkita gol urdi va mag'lubiyatdan qutulib qoldi - 2:2.

"Olimpik MobiUZ" - "Sho'rtan" 2:2
Gollar:
Abdulloh Olimov 15, - 0:1. Mirjalol Jumaev 36, - 0:2. Ozodbek Ergashev 90+3, - 1:2. Muhammadali Zohidov 90+6, - 2:2.
"Olimpik MobiUZ": 21.Samandar Muratbaev, 2.Javohir Bahodirov, 3.Muhammadali Zohidov, 5.G'iyosjon Rizaqulov, 7.Daler Tuxsanov, 10.Rustambek Fomin, 14.Abdulaziz Abdurashidov, 15.Ozodbek Ergashev, 17.Zayniddin Hamraboev, 18.Sardor Rajabov, 32.Diyorbek Tojiboev.
"Sho'rtan": 25.Mirzohid Mamatxonov, 4.Ulug'bek Xudoyberdiev, 8.Shahboz Nuriddinov, 9.Mahmud Jo'raboev, 11.Jasur Xolto'raev, 15.Jo'rabek Mannonov, 18.Abdug'ani Kamolov, 20.Jasurbek O'rinov, 30.Asadbek Saitxonov, 70.Mirjalol Jumaev, 77.Abdulloh Olimov.
Chetlatish: Rustambek Fomin 90 (2SK).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia