So'g'diyona (Jizzax) – Sho'rtan (G'uzor)
23 oktyabr. Zomin. “Zomin” stadioni. 15:30
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), M. Majidov (Namangan), B. Bahromov (Toshkent), SH. Hakimov (Andijon)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Natijalar “Sho'rtan”ning kichik ustunligini aks ettirmoqda. G'uzor klubi 5ta o'yinda g'olib bo'lgan, 2ta o'yinda durang natija qayd etilgan bo'lsa, “So'g'diyona” 4 bor raqibni taslim qilgan. To'plar nisbatida ham “Sho'rtan” ustun: 13:12. O'zaro to'qnashuvlarda “Sho'rtan” 17, “So'g'diyona” 14 ochkoni qo'lga kiritgan. Bu ikki jamoaning eng yirik hisobdagi g'alabalari bir xil – 2:0.
Dastlabki davrada G'uzorda tashkil etilgan o'yin taqdirini yagona gol hal qilgan. Pavel Solominning birinchi bo'limda mehmonlar darvozasiga urgan goli “Sho'rtan”ga uch ochko keltirgandi – 1:0.
“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
30.07.2011 So'g'diyona - Sho'rtan 2:3
24.10.2009 So'g'diyona - Sho'rtan 0:0
08.11.2008 So'g'diyona - Sho'rtan 2:1
08.04.2006 So'g'diyona - Sho'rtan 0:0
18.06.2005 So'g'diyona - Sho'rtan 2:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z mezbon bo'lgan 5ta o'yindan 2tasida muvaffaqiyatga erishgan. Ikki marta durang qayd etilgan. Faqat bir marta (2011 yil) “Sho'rtan” bu jamoa maydonidan g'alaba bilan qaytgandi.