Prevyu. "Roma" - "Shaxtyor"

Mirjalol Normatov
13 mar 2018, 16:12
Bugun Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvlari doirasida "Roma" o'z maydonida "Shaxtyor"ni mehmon qiladi.

"Roma" - "Shaxtyor"
Rim. "Olimpiko" stadioni, 00:45.
Hakamlar: Alberto Undiano Malenka, Roberto Alonso, Xuan Yuste.
To'rtinchi hakam: Raul Kabanero.
Darvoza ortidagi hakamlar: Xuan Martines Munuera, Xose Sanches (barchasi Ispaniyadan).
TAXMINIY TARKIBLAR
"Roma": Alisson - Florenci, Manolas, Facio, Kolarov - Nainggolan, De Rossi, Strootman - Under, Jeko, Perotti.
"Shaxtyor": Pyatov - Ismoiliy, Butko, Rakickiy, Ordec - Stepanenko, Fred - Bernard, Tayson, Marlos  - Ferreyra.

YO'QOTISHLAR

"Roma" Italiya chempionatining uchinchi pog'onasini egallab turibdi. Rimliklar ikki yetakchi jamoadan anchagina ochkoga ortda qolmoqda. Jamoa ayni damda 56 ochko to'plagan.

Diskvalifikaciya: Yo'q.

Jarohatlanganlar: Rik Karsdorp, Luka Pellegrini.

So'roq ostida: Greguar Defrel

Ayni damda "Shaxtyor" Ukraina chempionatida yetakchilik qilmoqda. Jamoa 23 o'yindan keyin 54 ochko to'plagan. Ikkinchi o'rindaki Kievning "Dinamo"sida 48 ochko bor.

Diskvalifikaciya: Dario Srna

Jarohatlanganlar: Sergey Krivcov, Maksim Malyshev

So'roq ostida: Greguar Defrel.

O'ZARO O'YINLAR

Tomonlar hozirgi kungacha 5 uchrashuv o'tkazishgan. Shularning bittasida "Roma", qolgan 4 bahsda "Shaxtyor" g'alabaga erishgan. Gollar kiritish borasida ustunlik ukrainaliklar tomonida - 7:9.

Jamoalarning Ukrainada kechgan bahsida mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. 

“Shaxtyor”– “Roma” - 2:1

Gollar: Ferreyra, 52, Fred, 71 - Under, 41


QIZIQARLI FAKTLAR:

- "Roma" so'nggi 10 yildan buyon YCHLning 1/4 final bosqichiga chiqishni uddalamagan. Shu vaqt oralig'ida uch bora bosqichdagi uchrashuvlarda omadsizlikka uchragan.

- "Shaxtyor" 1/8 final doirasida o'tkazilgan so'nggi 2 juft bahslarda "Bavariya" va "Borussiya"ga (Dortmund) yutqazib qo'ygan. Jamoaning bu bosqichdagi so'nggi eng yaxshi natijasi 2011 yili kuzatilgan. O'shanda "Shaxtyor" aynan "Roma"ni ikki o'yin hisobiga ko'ra 6:2 hisobida g'alabaga erishgan.

- "Roma" evrokubok pley-offlari ilk uchrashuvlarida 2 marta 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan. Birinchi holatda jamoa javob uchrashuvida maqsadiga etgan (3:1, UEFA Kubogi-1995/96 3-bosqichi), ikkinchi holatda esa yana shu hisob bilan mag'lub bo'lgan (1:2, UEFA Kubogi-1998/99 1/4 finali).

- "Roma" evrokuboklar pley-offlari ilk o'yinlarida 20 marta yutqazib qo'ygan. Shulardan faqatgina 6tasida keyingi bosqichga yo'llanman olgan.

- "Shaxtyor" 1/8 final doirasidagi so'nggi 2 uchrashuvda umumiy 0:10 hisobida mag'lub bo'lgan (0:7 - Bavariya, 0:3 - Borussiya).

- "Shaxtyor" pley-offlarning 19tasini g'alaba bilan boshlagan va shularning 16tasida o'z yurishini davom ettirgan.

- "Shaxtyor" barcha turnirlarda so'nggi 4 uchrashuvda "Roma"ni mag'lub etgan.

- "Konchilar" "Roma"ga qarshi o'tgan so'nggi 3 uchrashuvda ikkitadan ko'proq gol urgan.



O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: UEFA