Prevyu. "Neftchi" - "Qizilqum"

Narzulla Saydullayev
28 sen 2013
“Neftchi” va “Qizilqum” oliy ligada 27 marta o'zaro o'ynashgan.
NEFTCHI - QIZILQUM
28 sentyabr. Farg'ona. "Neftchi SK" stadioni. 16:00
Hakamlar:
O.Tolibjonov, A.Snetkov, X.Mirzaahmedov, I.Xudoydotov.
Nazoratchi: B.Galeev.

Natijalar “Neftchi”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Farg'onaliklar 17ta o'yinda g'olib bo'lishgan, “Qizilqum” 7 marta vodiy klubini taslim qilgan. 3ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ham katta ustunlik “Neftchi” tomonida - 51:27. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 54 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, “Qizilqum” 24 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Qizilqum”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1ga teng. “Neftchi”ning eng yirik g'alabasi esa 5:0.

Dastlabki davradagi bahsda “Qizilqum” o'z uyida 3:1 hisobida zafar quchdi. Mehmonlar safida Sherzod Hakimov hisobni ochgan bo'lsa, Yannis Mandzukas dublga erishgan va Fayzulla Qambarov uchrashuvdagi so'nggi golni urgandi.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
13.09.2012 Neftchi - Qizilqum 3:1
15.06.2011 Neftchi - Qizilqum 1:0
02.10.2010 Neftchi - Qizilqum 4:2
09.11.2009 Neftchi - Qizilqum 3:0
25.05.2008 Neftchi - Qizilqum 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Farg'onada bo'lib o'tgan 13ta o'yinning 12tasida “Neftchi” 3 ochkoga ega chiqqan. Bir marta (2003 yil) “Qizilqum” safarda durangga erishgan. Farg'onadagi oxirgi 9ta o'yinda “Neftchi” ketma-ket g'alabaga erishib kelmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia