Prevyu: “Metallurg” – “So'g'diyona”

Narzulla Saydullayev
17 okt 2019, 16:47
Bu yilgi mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazayotgan Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi “Metallurg” anchagina muvaffaqiyatli o'ynab kelayotgan raqiblardan sanaladi.

Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida o'zaro 35 ta o'yin o'tkazishgan. Shulardan 14 tasida bekobodliklar, 14 tasida jizzaxliklar g'alaba qozonishgan. 7 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi jizzaxliklar foydasiga – 50:49.

Mazkur jamoalar o'rtasida qayd etilgan eng yirik hisob 4:0. “So'g'diyona” o'z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o'yin 2014 yili Zomindagi stadionda bo'lib o'tgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to'qqizta to'p kiritilgan. “Metallurg” jamoasi ham bir marta ham o'z maydonida, hamda safarda bitta mavsumning o'zida “So'g'diyona” ustidan g'alaba nashidasini surgan.

Ushbu jamoalarning Bekobodda o'tkazilgan o'yinlar nisbati “Metallurg” foydasiga: 11 g'alaba, 3 durang, 3 mag'lubiyat, kiritilgan va o'tkazib yuborilgan gollar farqi – 29:19.

Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.04.2018 Metallurg - So'g'diyona 2:0
12.05.2017 Metallurg - So'g'diyona 3:1
05.03.2016 Metallurg - So'g'diyona 2:1
26.08.2015 Metallurg - So'g'diyona 1:2
14.05.2014 Metallurg - So'g'diyona 4:2


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Металлург” матбуот хизмати