Prevyu. "Bunyodkor" - "Metallurg"

Narzulla Saydullayev
23 may 2014, 11:01
Bekobodning "Metallurg" klubi Toshkentda "Bunyodkor" klubi mehmoni bo'ladi.
Bunyodkor (Toshkent) – Metallurg (Bekobod)
23 may. Toshkent. “Jar” stadioni.  19:00
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy), F. Hasanov (Namangan), R. G'opurov (Namangan), D. Dosanov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

“Bunyodkor“ hamda “Metallurg“ shu kunga qadar o'zaro 14 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 12ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Ikkita o'yinda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Bunyodkor” foydasiga 35-14. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 36 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Metallurg” 6 ochkolik bo'lgan.

“Bunyodkor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. “Metallurg”ning  “qaldirg'ochlar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 2:1 ni tashkil etadi.

2013 yil har ikkala o'yinda ham "qaldirg'ochlar" g'alaba qozonishgan. Dastlab poytaxtda bo'lib o'tgan bahsda Oleg Zoteev, Jasur Hasanov va Oleksandr Pishur gol urishgan - 3:0. Bekobodda Lutfulla To'raev dublga erishgan, Oleksandr Pishur to'p kiritgan. Mezbonlardan Shaxzodbek Nurmatov hamda Ruslan Vagapov o'zini ko'rsatishgan - 2:3.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.06.2013  Bunyodkor – Metallurg  3:0
26.04.2012  Bunyodkor – Metallurg  3:1
20.03.2011  Bunyodkor – Metallurg  3:1
26.10.2010  Bunyodkor – Metallurg  2:1
15.08.2009  Bunyodkor – Metallurg  4:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt :
“Metallurg” so'nggi bor 2007 yili mavsumda “Bunyodkor” uyidan g'alaba bilan qaytgan edi. Bu ularning safardagi dastlabki va hozirga qadar yagona g'alabalari hisoblanadi. Shundan so'ng “Bunyodkor” uyida o'tgan 6ta o'yinda “qaldirg'ochlar” g'alaba qozonishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia