Prevyu. "Andijon" – "Neftchi"

Tolibjon Qosimov
30 may 2015
“Andijon” va “Neftchi” oliy ligada 42 bor kuch sinashishgan.
Katta ustunlik “Neftchi” tomonida. 31ta o'yinda “Neftchi” raqibni mag'lub etgan. Olti o'yinda “burgutlar”ning qo'li baland kelgan. Yana besh uchrashuvda durang natija qayd etilgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 86 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “Andijon” esa 35 marta gol ura olgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 98 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, andijonliklar hisobida 23 ochko mavjud. “Neftchi”ning “Andijon” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 7:1. “Burgutlar”ning eng yirik g'alabasi esa - 2:0.

O'tgan mavsum Andijondagi bahsda hisobni mezbonlar vakili Bahrom Abdurahimov ochgandi. Bunga Murod Bobojonov (2ta) va Aleksandr Onika javob berib “Neftchi”ga g'alaba keltirgan edi – 1:3. “Neftchi” maydonida o'tgan uchrashuvda Sherzod Hakimovning yagona goli barchasini hal qilgandi – 1:0.

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
22.06.2014  Andijon – Neftchi  1:3
29.04.2012  Andijon – Neftchi  1:0
27.07.2010  Andijon – Neftchi  1:0
19.09.2009  Andijon – Neftchi  3:2
18.05.2008  Andijon – Neftchi  0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  “Andijon” o'z maydonida anchayin kuchli raqiblarni ham mag'lub eta olishini bilamiz. Ammo “Neftchi” ularga juda noqulay raqibdir. “Andijon”ning o'z maydonida “Neftchi”ga qarshi o'tkazgan barcha o'yinlari natijalari quyidagicha: 6 g'alaba, 4 durang, 11 mag'lubiyat.

Narzulla Saydullaev tayyorladi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia