

The Telegraph xabar berishicha, Ange Postekoglu "shporlar" Yevropa Ligasida g'olib bo'lishidan qati nazar, mavsum oxirida klubni tark etishi ehtimoli yuqori. Bunda "Tottenxem" avstraliyalik murabbiynining ishdan ketkazishi yoki o'zaro kelishuv asosida hamkorlikni tugatishi mumkin.
Takidlanishicha, yozda Postekogluning asosiy tarafdorlaridan biri hisoblangan "Tottenxem" sport direktori Skott Mann ham o'z lavozimini tark etadi - uning o'rnini "Arsenal"ning sobiq direktori Vinay Venkatesham egallaydi. Bu esa katta ehtimol bilan murabbiyning ham kyetishini anglatadi.
Postekogluning o'rniga asosiy nomzodlar sifatida "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola va "Fulhem"ni boshqarayotgan Marku Silva ko'rilmoqda. Shuningdek, "Tottenxem" texnik direktori Yoxan Lange "Brentford"dan Tomas Frank nomzodini ham ko'rib chiqayotgani ma'lum qilinmoqda.
33-tur yakuniga ko'ra "Tottenhem" 37 ochko to'plab, APL turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi. Yevropa Ligasida esa jamoa yarim finalga chiqdi va ushbu bosqichda "Bude-Glimt" bilan bellashadi.



