Ange Postekoglu: "MYUda ishlash - jahon futbolidagi eng qiyin ish"

Mirjalol Normatov
19 fev 2026
"Tottenxem", "Nottingem Forest" kabi jamoalar sobiq bosh murabbiyi Ange Postekoglu "Manchester Yunayted"ga unikal murabbiy kerak ekanligini aytdi.

"Jahon futbolidagi eng qiyin ish, mening fikrimcha. Chunki bu klub yuqori darajada e'tiborda va diqqat markazida bo'ladi.

Unikal odam kerak u erga, u barchasini eplashi yoki umuman boshqacha tartib-intizomga amal qiladigan odam bo'lib: biz shu yo'nalishda bir necha yil ishlaymiz, deydigan bo'lishi kerak.

Tezkor qaror bo'lmasa kerak. Bu ishda murabbiy bir yil davomida 100dan ko'p matbuot anjumanida qatnashishi, barcha gaplarni kuchli bo'lib qabul qilishi va: "Buni men qila olaman, o'z kuchim bilan qila olaman" deyishi kerak", - dedi Postekoglu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN