Portugaliyaning JCHda Osiyo jamoalariga qarshi statistikasi qanday?

Narzulla Saydullayev
6 dek 2025, 13:05
Kecha 2026 yilgi Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston "K" guruhida Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o'ynashi aniq bo'ldi. Guruhdagi so'nggi jamoa qitalararo pley-offdan keyin ma'lum bo'ladi.

Portugaliya terma jamoasi mundiallar tarixida Osiyo qitasi vakiliga qarshi 6 marta o'ynagan. Shundan 3 ta bahsda g'olib chiqqan, 1 marta durang qayd etgan va 2 bor imkoniyatni boy bergan. 

1966 Portugaliya - KXDR 5:3
2002 Portugaliya - Janubiy Koreya 0:1
2006 Portugaliya - Eron 2:0
2010 Portugaliya - KXDR 7:0
2018 Portugaliya - Eron 1:1
2022 Portugaliya - Janubiy Koreya 1:2

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia