Portugaliyalik futbolchi: "Feliks uchun "Barselona"da moslashish "Atletiko"dan ko'ra osonroq kechardi"

Alisher
11 apr 2020, 17:54
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi yarim himoyachisi Joau Mariu hamyurti Joau Feliksning Madridning "Atletiko" klubidagi moslashish jarayoni haqida gapirdi.

20 yoshli hujumchi yangi klubida 27ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi.

"Agar siz "Atletiko"ga qarasangiz, bu Ispaniya chempionatidagi italyan jamoasi bo'lib tuyulishi mumkin. Ularda tashkilot yuqori darajada.

Feliks 80% vaqtini to'p bilan hujum qilish bilan o'tkazadigan "Benfika"dan yangi klubga o'tdi. Bundan tashqari Joau uchun to'langan pulning bosimini ham inobatga olish kerak.

Ha, uning moslashuv jarayoni oson kechmayapti. O'ylaymanki, "Barselona"da uni tezroq moslashardi va osonroq bo'lardi, ammo unga bo'lgan bosim katta bo'lar edi", - deydi Mariu.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo