Portugaliya terma jamoasi murabbiyi: "Barchamiz Ronaldudan gollar kutyapmiz"

Alisher
25 sen 2022, 14:17
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush kecha bo'lib o'tgan Chexiya (4:0)ga qarshi o'yindagi Krishtianu Ronalduning harakatlari haqida gapirdi.

"Krishtianuda bir necha imkoniyalar bo'ldi, ammo u ulardan foydalana olmadi. Ammo, sheriklari uchun bo'sh hudud ochgan holda, ko'p ishladi. Agar Krishtianu bu ishni qilmaganida, umuman gollar bo'lmasligi ham mumkin edi.

Albatta, barchamiz Ronaldudan gollar kutyapimz. Hozir g'alaba qozonganimizdan xursandmiz", - deydi murabbiy.

Portugaliya Millatlar ligasi guruh bosqichining so'nggi turida o'z maydonida Ispaniyani qabul qiladi. Bahs 27 sentyabrda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: O Jogo