Portugaliya. Rashidov 15 daqiqa o'ynagan uchrashuvda "Nasonal" mag'lubiyatga uchradi

14 apr 2019, 23:50
Portugaliya chempionatining 29-turida "Nasonal" safarda mag'lubiyatga uchradi.

"Boavishta" jamoasining mehmoni bo'lgan Sardor Rashidov jamoasi 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bahsdagi yagona gol 16-daqiqada Fabio Espino tomonidan kiritildi. Mazkur to'qnashuvda Rashidov 75-daqiqada Kakaning o'rniga maydonga tushdi. Ammo, uning maydonga tushirilishi jamoasiga foyda keltirmadi va "Nasonal" navbatdagi uch ochkoni boy berdi. 

Ayni vaqtda Krishtianu Ronaldu to'p tepgan "Nasonal" jamoasi turnir jadvalining oxiridan uchinchi o'rinni band etib turibdi.

 Portugaliya chempionatidagi holat bilan tanishing

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia