Portugaliya matbuoti Ispaniya bilan bahsda Ronalduni zaxirada qoldirishni talab qilmoqda

Sherzod Nurmatov
27 sen 2022, 19:38
Portugaliyaning "A Bola" nashri milliy terma jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yinda zaxira o'rindig'iga qo'yishga chaqirmoqda.

Jurnalning muqovasi shundan dalolat beradi.

"Kam Ronaldu - ko'proq Portugaliya", – deb yozilgan sarlavhada.

Nashr mualliflari Ronaldu ushbu mavsumda juda kam gol urgani va u bir necha daqiqanigina maydonda o'tkazganiga urg'u berishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya – Ispaniya o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola