Portugaliya kubogi. “Portu” bir kishi kam bo'lib qolishiga qaramay “Benfika”ni mag'lub etdi

2 avg 2020, 08:00
Portugaliyadagi Syudad-di-Koimbra stadionida mamlakat kubogining final bellashuvi bo'lib o'tdi.

Hal qiluvchi final o'yinida “Benfika” va “Portu” o'zaro kuch sinashdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida “Portu” hujumchisi Luis Diasning maydondan chetlatilishiga qaramay, ikkinchi bo'limda himoyachi Shansel Mbemba “dubl”ga erishdi. “Benfika” hujumchisi Vinisius Moraisning penaltidan kiritgan goli esa oradagi farqni qisqartirdi.

Natijada  2:1 hisobida g'olib chiqqan “ajdarlar” 17-bor Portugaliya kubogiga ega chiqishdi. Bu borada ular “Sporting”ga tenglashib olishdi. Kubokda g'olib chiqish bo'yicha rekordsmen “Benfika” (26 marta) hisoblanadi. Takidlash joiz, Serjiu Konseysao murabbiyligidagi “Portu” ushbu mavsumda mamlakat chempionligini ham qo'lga kiritgandi.

Portugaliya kubogi. Final

Benfika – Portu 1:2 (0:0, 1:2)

Gollar: 0:1 – 47 Mbemba, 0:2 – 58 Mbemba, 1:2 – 84, penalti Vinisius.

Benfika – Vlaxodimos, Jardel, Ruben Diash, Nunu Tavaresh, Almeyda, Picci (Jota, 76), Gabriel, Vaygl (Vinisius, 60), Servi (Rafa Silva, 46), Shikinyu (Taarabt, 60), Seferovich (Diego Souza, 76).

Portu – Diogu Koshta, Telles, Mbemba, Manafa, Pepe, Korona (Serjiu Oliveyra, 80), Danilu Pereyra, Marega, Uribe (Lum, 88), Dias, Otavio (Diogu Leyte, 73).

Ogohlantirish: Dias (9), Ruben Diash (12), Jardel (44), Vaygl (46), Vinisius (75), Telles (90).

Chetlatish: Dias (38).

O'xshash yangiliklar