

Mundo Deportivo Record ma'lumotlariga ko'ra, agar Portugaliya Germaniya terma jamoasiga qarshi Millatlar Ligasi yarim finalida yutqazsa ishdan bo'shatilishi mumkin. Ushbu o'yin bugun bo'lib o'tadi.
Agar Martines ishdan bo'shatilsa, milliy jamoa bosh murabbiyi vazifasiga asosiy nomzodlar "Ferenbaxche"ni boshqarayotgan Joze Mourinyu va "Al Hilol"da ishlagan Jorje Jezush bo'ladi.
Qayd etilishicha, Turkiya klubi o'tgan mavsumda hech qanday sovrin yutib olmagan bo'lsa-da, Mourinyuni qo'llab-quvvatlamoqda. Murabbiyning o'zi esa terma jamoada ishlash istagini saqlab kelyapti.
Martinesga yaqin manbalar ispaniyalik mutaxassis yaqinlashib kelayotgan o'yinlarga to'liq e'tibor qaratgani va mish-mishlarga e'tibor bermayotganini aytdi.



