"Portu" PSJ futbolchisi uchun 5 mln evro to'lashga tayyor

Alisher
16 iyul 2019, 16:30
PSJ posboni Kevin Trapp faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchiga "Portu" klubi qiziqmoqda va futbolchining transferi uchun 5 million evro to'lashga rozi.

Portugaliya klubi darvozabonni Iker Kasilyasning o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda.

29 yoshli posbon PSJdan oldin "Kayzerslautern" va "Aynraxt" klublarida o'ynagan.

Futbolchi 2017 yildan buyon Germaniya terma jamoasi a'zosi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe