Pol Ins: "Sanches MYUga o'tganidan afsuslanayotgan bo'lishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
16 mar 2018, 14:04
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Ins hujumchi Aleksis Sanchesning mankunianlar tarkibidagi o'yiniga baho berdi.

"Sanches mehnat qilishda davom etmoqda, ammo qanchalik ko'p harakat qilsa, jamoa shunchalik yomon ko'rinmoqda. U MYUga o'tganidan afsuslanayotgan bo'lishi mumkin. Aleksis o'yin uslubi bilan Mourinyoga to'g'ri kelmaydi. Uni "Manchester Siti" tarkibida tasavvur qilish osonroq. Mourinyoning rejasi - Lukaku, Sanches va Pogba atrofida jamoa qurishdir, biroq kerakli futbolchilar xarid qilish uchun yana qancha pul sarflash kerak" - deydi Ins.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun