

Murabbiyning so'zlariga ko'ra, futbolchi qo'shimcha tibbiy tekshiruvdan o'tadi.
"Biz uning kelasi haftada qo'shimcha tekshiruvlardan o'tishini kutmoqdamiz. Unda o'rta darajada zo'riqish bor - hozircha boshqa ma'lumot yo'q", – dedi Pokonolli "RMC Sport"ga bergan intervyusida.
Pogba 4 noyabr, seshanba kuni Norvegiyaning "Budyo Glimt" jamoasiga qarshi Chempionlar Ligasi o'yinida aniq o'ynamaydi. Uning qaytish muddati noma'lumligicha qolmoqda.
Pol Pogba 2025 yilning yozida, antidoping qoidalarini buzgani uchun diskvalifikaciya muddati tugaganidan ko'p o'tmay, "Monako" bilan shartnoma imzolagandi. Ushbu transfer shov-shuvli bo'lishiga qaramay, yarim himoyachi hali yangi jamoasi uchun birorta ham rasmiy o'yin o'tkazmadi. Uning "Monako" bilan bitimi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.



