Pogbaning akasi faoliyatini Osiyoda davom ettiradi

Eldor Akmurzayev
26 iyun 2022, 08:35
“Sosho” himoyachisi Florentin Pogba Hindiston klubiga o'tdi.

U “Moxun Bagan” a'zosiga aylandi. Shartnoma qancha muddatga imzolangani esa ochiqlanmagan.

31 yoshli gvineyalik 2021/22 yilgi mavsum klub libosida 35 bahsda qatnashdi. Avvalroq, Florentin “Sedan”, “Sent-Eten”, “Genchlerbirligi”, “Atlanta Yunayted” kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru