Pogba yozda “Yuve”ga qaytmoqchi edi, ammo...

12 sen 2018, 00:31
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini sobiq jamoasida davom ettirishi mumkin edi.

Calciomercato.com saytining xabar berishicha, Italiya klubi francuz futbolchisini yana ortga qaytarish niyatida, futbolchining o'zi ham buni istagandi. Ammo muzokaralar boshlanmasidan oldin MYU rahbariyati futbolchi yozgi transfer oynasi vaqtida sotilmasligini ma'lum qildi.

Nashrning takidlashicha, Fransiya termasi safida jahon chempionligiga erishgan futbolchining “Yuventus”ga transferi 2019 yilning yozida amalga oshishi mumkin. 

Ilgariroq futbolchining o'z safiga qo'shib olish uchun “Barselona” asosiy da'vogar bo'lib turganligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato.com