Pogba PSJga o'tadi

Alisher
20 iyul 2021, 18:01
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba "Manchester Yunayted"dan ketadi va vataniga qaytadi.

Yarim himoyachi tez orada PSJ o'yinchisiga aylanadi. 28 yoshli futbolchi parijliklar bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Polning transferi uchun Fransiya vice-chempioni rahbariyati manchesterliklarga 50 million evro to'lashga tayyor.

Pogbaning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilda yakuniga etadi, shu sabab Angliya klubi sotuvga rozi bo'lishi mumkin.

Xavbek MYUda 2016 yildan beri o'ynaydi. Futbolchi o'tgan mavsum 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe