​Pogba: “O'yin boshida xuddi 1:0 yoki 2:0 hisobida oldinda borayotgandek o'ynadik”

30 yanv 2019, 09:10
MYU yarim himoyachi Pol Pogba “Byornli”ga qarshi o'yindan (2:2) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'z xatolarimiz ustida ishlab kelasi safar o'yinni boshqacha boshlashimiz kerak. Murabbiy aytganidek o'yinni aniq va tajovuzkor boshlash kerak. “Byornli” esa kecha birinchi taymda xuddi shunday ko'rindi. Biz go'yoki 1:0 yoki 2:0 hisobida oldinda borayotgandek o'ynadik. Kambek - ijobiy vaziyat, ammo natija odamni xafa qilmoqda. Yutqazmadik, ammo biz olishimiz mumkin bo'lgan ikki ochkoni yo'qotdik”,-deydi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC-Sport