Pogba Mourinyo bilan janjallashganmi? Pol bu haqida aytib berdi

Aslanov Jasurbek
23 apr 2018, 13:23
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan munosabatlari yomonlashgani va klubdan ketishi haqidagi ma'lumotlarni rad etdi.

Oldinroq, OAVda fransiyalik Mourinyo bilan janjallashib qolgani va yozda klubni o'zgartirish haqida o'ylab qolgani e'lon qilingan edi.

"Mourinyo bilan oramizda hech qanday muammo yo'q. U qarorlar qabul qiladi, men esa futbolchiman va bu qarorlarga rozi bo'laman. Hozircha "Manchester Yunayted"da qolaman. Boshqa klubga o'tish haqida hayol surayotganim yo'q" - deydi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal Football