

Qayd etilishicha, Pol Pogba agar jamoaga Joze Mourinyo o'rniga Zinedin Zidan keladigan bo'lsa, klubda qoladi. Aks holda “Barselona” yoki “Yuventus”ga o'tib ketishi mumkin. Ma'lumot uchun, Pogba Joze bilan munosabatlari yaxshi emasligi sabab klubdan ketishni istayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.



