Pogba JCHgacha tiklanadi

Mirjalol Normatov
16 okt 2022, 00:15
"Yuventus" futbolchisi Pol Pogba jahon chempionatiga qadar safga qaytadi.

Bu haqda "L'Equipe" xabar bermoqda. 29 yoshli futbolchi ushbu mavsumda hali maydonga tushganicha yo'q. U JCHgacha safga qaytishi uchun operaciya qilinishga rozilik bergandi. Eslatib o'tamiz, uning tizza suyagida jarohat bor.

Pogba 2022 yil yozida erkin agent sifatida "Yuventus"ga qaytdi va klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Qatardagi mundial 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe