

"Xohlaganim uchun qaytdim va "Manchester Yunayted" ham shuni istadi. Bizda Premer-ligada zafar quchishni istagan ajoyib futbolchi va murabbiylar bor. Maqsadim - doimo birinchi va eng yaxshi bo'lish. Eng yaxshi bo'lish chempionatni yutishni anglatadi - bu har birimizning maqsadimiz.
Biz Chempionlar ligasiga qaytmoqchimiz. Ibragimovichga to'xtaladigan bo'lsak, Zlatan hammamiz uchun katta akadek. U doimo hazillashadi, biroz dam olishga yordam beradi, maydonda esa u haqiqiy g'olib. U haqiqatdan ham jamoaga yordam beradi" - deydi Pogba.



