Pogba APL va A Seriyani taqqosladi

Iskandarov Abdulaziz
29 sen 2022, 20:10
Yozda “Manchester Yunayted”dan “Yuventus”ga o'tgan fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba A Seriya va Premer-ligani qiyosladi.

“A Seriya har doim eng qiyin ligalardan biri bo'lgan. A Seriya va Premer-liga o'rtasidagi farq iqtisodiy tomonlama farqlanadi, ammo futbol nuqtayi nazaridan Italiya dunyodagi eng yaxshilaridan biri bo'lib qolmoqda.

"Yuventus" va "Manchester Yunayted" o'rtasida unchalik farq yo'q. Ikkalasi ham top klub. "Yuventus" har doim Italiyada eng yaxshisi bo'lgan", - dedi Pogba.

Eslatib o'tamiz, 2022/2023 yilgi mavsum Pol Pogba jarohati tufayli hali maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: GQ