Pochettinoning kelajagi “Real”ga qarshi o'yinlarga bog'liq

Eldor Akmurzayev
14 fev 2022, 08:05
Avvalroq, Maurisio Pochettino mavsumda qanday natija ko'rsatishidan qati nazar jamoada qolishi aytilgandi.

Biroq, 49 yoshli mutaxassisning klub sport direktori Leonardo bilan o'rtasidagi munosabat yaxshi emas. Argentinalik o'tgan yoz tarkibda tozalash ishlarini amalga oshirmoqchi bo'lgan, ammo uning talabi qondirilmagan. Pochettino yanvarda “Tottenxem”dan Tangi Ndombeleni jamoasida ko'rishni xohlagandi, lekin bu ham amalga oshmadi va yarim himoyachi “Lion”ga yo'l oldi.

Shuningdek, rahbariyat ham murabbiydan norozi bo'lmoqda. Parijliklar chempionatda uncha katta bo'lmagan ustunlik bilan yetakchilik qilmoqda va Fransiya Kubogini 1/8 finaldayoq tark etishga majbur bo'lishdi.

Shu tufayli, Maurisioning kelajagi Chempionlar Ligasi pley-offidan o'rin olgan “Real”ga qarshi bahslardan keyin ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal