Pochettino: "Real" qo'ng'iroq qilsa, biz tinglashga majburmiz"

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2018, 11:34
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Real"ga o'tishi borasida fikr bildirdi.

"Sizga "Real"dan qo'ng'iroq qilishsa, ularni tinglashga majbursiz. Biroq ayni damda bu menga bog'liq emas. Yaqindagina "Tottenxem" bilan 5 yillik shartnoma imzoladim va bu klubda juda baxtliman. Bu yerda ishimga aralashishmaydi. Hozir kelasi mavsum rejalariga e'tibor qaratganman va har qadamda aytiladigan gaplardan uzoqlashmoqchiman. Mish-mishlar ko'p bo'ladi, biroq hozircha menda "Real" borasida yangilik yo'q" - deydi Pochettino.

Oldinroq, Zinedin Zidan "Real"dan ketganini e'lon qilgan edi. Shundan so'ng Pochettino "Qirollik klubi" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana