Pochettino MYUni boshqarmoqchi emasligini aytdi

Mirjalol Normatov
24 noya 2021, 23:42
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkinligi borasida gapirdi.

"Bu menga halaqit qilmaydi. Shunchaki shunday yashashni o'rganish kerak, futbol shunday. Yaxshi o'yin ko'rsatib, qo'ldan kelgancha chiroyli o'ynashga harakat qilyapmiz va bor kuchimizni ishga solyapmiz.

"Espanol"da ishlab yurgan paytlarimda ser Aleks bilan yuzma-yuz ko'rishishni istashimni aytgandim. Agarda yana shu gapni aytsam, chegaradan chiqib ketgan bo'laman.

Parijda baxtliman. Klub va muxlislarni hurmat qilaman. PSJda ishlash - mo'jizaga teng. Liga 1'da peshqadammiz, "Manchester Siti"ga qarshi o'ynayapmiz.

Buni o'ylab chiqdim. PSJ bilan shartnomam 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Ushbu mavsum va kelasi mavsumda ham shu yerda ishlayman. PSJda xursand ekanligim - katta fakt", - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal