Pochettino: "Chempionlar Ligasi finalidan so'ng 10 kun ko'chaga chiqmaganman"

Alisher
29 iyul 2019, 12:25
"Shporlar" bosh murabbiyi CHL final o'yinidagi mag'lubiyatdan so'ng 10 kun uydan chiqmaganini aytib o'tdi.

"Bu qiyin bo'lgan edi. Bizda finalga tayyorlanish uchun uch hafta bor edi. Mag'lubiyatdan so'ng esa hafsalamiz pir bo'lgan.

"Bu juda yomon holat edi. Keyingi kun Madriddan Barselonaga poezdda yo'l oldim. Uyimda 10 kunni o'tkazdim va ko'chaga chiqmadim. Bu qiyin, chunki biz deyarli marraga yaqin edik", - deydi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, murabbiy MYU bilan bo'lgan o'yindan so'ng manchesterliklardan uzr so'ragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: goal.com