Pochettino "Chelsi"dagi asosiy futbolchi nomini aytdi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2023, 14:41
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoadagi asosiy futbolchini ajratib ko'rsatdi.

"Palmyerdan mamnunmiz. Unga ishonamiz, kelajagi bo'yicha ham katta istiqbollarni ko'ryapmiz. U juda aqlli va tezda ko'nikib ketdi.

Koul o'sishda davom etishi kerak, lekin u allaqachon a'lo darajada o'ynamoqda. Biz uni loyihamizdagi asosiy figura deb bilamiz", – dedi mutaxassis. 

Palmer o'tgan yozda "Manchester Siti"dan "Chelsi"ga o'tgandi. Transfer summasi 47 million evroni tashkil qildi. 21 yoshli yarim himoyachi shu kungacha "ko'klar" safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano