Pochettino: "APLni sog'inyapman"

Mirjalol Normatov
1 dek 2022, 20:31
"Tottenxem"ning sobiq ustozi Maurisio Pochettino Angliya Premer-ligasidagi faoliyatini sog'inayotganini aytdi.

"Haligacha APLni sog'inaman. Bu dunyoning eng yaxshi ligalaridan biri. Londonda yashash menga yoqqandi. Qaytish? Nima uchun yo'q? Kelajakni oldindan bilib bo'lmaydi", - dedi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, Maurisio Pochettino APLda "Tottenxem"dan tashqari "Sautgempton"da ham ishlagan. Biroq u tumanli albionda sovrin qo'lga kiritmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal