Pochettino 5 oy ichida PSJ bilan 2-sovrinini yutdi. Bungacha esa...

Aziz Tukhtamuradov
20 may 2021, 09:41
PSJ Fransiya kubogi finalida "Monako"ni mag'lubiyatga uchratdi (2:0) va bosh sovringa ega chiqdi.

Bu murabbiy Maurisio Pochettino uchun parijliklar safidagi ikkinchi sovrin bo'ldi. Bungacha PSJ murabbiy boshchiligida Fransiya Superkubogida g'alaba qozongandi. 

U yanvar oyidan beri jamoani boshqarib kelmoqda. 

49 yoshli Pochettino 2009 yildan buyon turli jamoalarda bosh murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. U "Espanol", "Sautgempton" va "Tottenxem" jamoalari bilan xech qanday sovrinlarni qo'lga kirita olmagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta