Plyaj Futboli jamoalari reytingini hisob-kitob qilib boradigan plyaj futboli xalqaro reytingi dunyo terma jamoalarining so'nggi oy reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 62-o'rinda bormoqda. Ma'lumot o'rnida may oyida plyaj futboli xalqaro reytingi terma jamoalarning so'nggi 4 yillikdagi reytingi e'lon qilingan va unda O'zbekiston terma jamoasi 71-o'rinda qayd etilgan edi.
Iyul oyi reytingiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi jahonda 62-o'rinda, Osiyo qitasi jamoalari reytingida esa 12-o'rinda qayd etilgan. Osiyo jamoalari kuchli uchligini Eron (10), Yaponiya (12) va BAA (14) termalari band etishgan.
Ma'lumot uchun, plyaj futboli bo'yicha jahon reytingini amaldagi jahon chempioni - Rossiya terma jamoasi boshqarib turibdi. Kuchli uchlikni Braziliya va Ispaniya terma jamoalari to'ldirgan.
Eslatib o'tamiz, ayni damda Ahad Yusupov bosh murabbiylik qilayotgan plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu yilning noyabr oyida o'tkaziladigan plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlarida ishtirok etadi.