Pirlo Turkiyada ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
5 iyun 2022, 01:18
Italiyalik mutaxassis Andrea Pirlo Turkiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin.

"Fatix Karagyumryuk" klubi "Yuventus"ning sobiq ustozi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. 

Pirlo "Yuventus"da bir mavsum faoliyat olib borgandi. Uning qo'l ostida turinliklar A Seriyada to'rtinchi bo'ldi, shuningdek, mamlakat kubogi va superkubogiga ega chiqqandi.

O'tgan mavsumda "Fatix Karagyumryuk" jamoasi 57 ochko jamg'arib, Turkiya chempionati yakuniy jadvalida 8-o'rinda qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal