Pirlo: “Ronaldu topshirgan test javobini kutyapmiz, Kellini, Bonuchchi va De Ligt esa …”

Eldor Akmurzayev
27 okt 2020, 20:45
Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida 28 oktyabr kuni Turinda o'tadigan “Yuventus” – “Barselona” bahsi oldidan mezbonlar ustozi Andrea Pirlo tarkibdagi muammolar haqida gapirdi.

“Biz Krishtianu Ronalduning COVID-19'ga topshirgan sinovi natijalarini kutmoqdamiz. Ehtimol, tahlil javobini bugun kechroq bilib olarmiz.

Kellini “Barselona”ga qarshi o'ynamaydi. Bonuchchi tiklanishga harakat qilmoqda, ammo u tayyor bo'ladimi yo yo'q bundan bexabarmiz. De Ligtning ishtiroki ham so'roq ostida. Bizda bor o'yinchilarga ishonch bildiramiz”, deydi Pirlo.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA