Pirlo: "Agar Dibala Ronaldudek shug'ullansa, u "Yuve" asosiy tarkibida bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
15 sen 2018, 13:41
"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo joriy mavsum A Seriyaning 1ta uchrashuvida maydonga tushgan hujumchi Paulo Dibalaga maslahat berdi.

"Mavsumning bu qismida asosiy tarkibga kira olmayotganingni qabul qilish qiyin. Paulo ko'proq o'ynash uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishiga ishonaman. Agar u Ronaldudagidek xohish bilan shug'ullansa, uni asosiy tarkibdan tushirib qolish qiyin bo'ladi. Maydonga tushmasangiz, yanada ko'proq harakat qilish lozim. Dibalaning iqtidoriga hech kim shubha qilmaydi, ammo mehnatsevarlik ham kerak" - deydi Pirlo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia