Pioli: "Navbatdagi mavsum haqida o'ylashni boshladim"

Mirjalol Normatov
25 may 2021, 13:35
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli navbatdagi mavsum haqida gapirdi.

"Navbatdagi mavsum haqida o'ylashni boshladim va endi maqsadni yanada jiddiylashtirmoqchiman. Bizning ambiciyalarimiz yuqori. Sovrinlar qo'lga kiritishni istaymiz. Ammo Maldini bizga raqobatbardosh jamoa bo'lish uchun ketma-ket 2-3 mavsum davomida YCHLga chiqishimiz kerakligini aytgandi. Men navbatdagi mavsum haqida o'ylashni, katta maqsadlarni orzu qilishni boshlab yubordim. Orzular bir kun kelib haqiqatga aylanishi kerak", - dedi mutaxassis.

2020/21 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, "Milan" 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal