Pioli: "Ibragimovich va Ker jamoa darajasini oshirib yubordi"

Mirjalol Normatov
2 avg 2020, 15:29
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Italiya chempionati yakunlari haqida gapirdi.

So'nggi turda "rossoneri" "Kalyari"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi va A Seriya turnir jadvalida 6-qatorni band etdi.

"Yaxshi yakun. Kelasi mavsumni yuqori xarakter, g'alabaga tashnalik va ishonch bilan boshlay olamiz. Yangi yil bayramidan to shu kunga qadar juda keng ko'lamli ishni bajardik. Asosiysi muxlislar bizga ishona boshladi. Zlatan Ibragimovich va Simon Kerning kelishi jamoaning darajasini oshirib yubordi.

Endi jamoaviy o'yinni yaxshilash borasida ishlash kerak. Kelasi mavsumda 5-6-o'rinlar bizni qanoatlantirmaydi degan umiddaman", - dedi Pioli.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia